FIFA Ispaniyaning chempionlik rasmidan Trampni olib tashladi
Sport
−
12:15 4007 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Ispaniya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi g‘alabasiga bag‘ishlangan suratlardan AQSH Prezidenti Donald Trampning tasvirini olib tashladi. Bu haqda tashkilotning X tarmog‘ida e’lon qilingan suratda ko‘rish mumkin.
Gap shundaki, Tramp FIFA Prezidenti Janni Infantino bilan birgalikda Jahon chempionati kubogini Ispaniya terma jamoasi sardori Rodriga topshirgan. Marosimdan so‘ng esa u maydonni darhol tark etmay, ispaniyalik futbolchilar kubokni boshlari uzra ko‘tarib nishonlayotgan vaqtda ham sahnada qolgan.
Faqat Janni Infantino maydonni tark eta boshlaganidan keyingina Donald Tramp ham u bilan birga chempionlik minbarini tark etgan.
Shundan so‘ng FIFA o‘zining rasmiy sahifasida g‘alaba lavhalarini e’lon qildi. Nashr qilingan vertikal suratda kadr tahrir qilinib, undan Donald Tramp chiqarib tashlangani ko‘rinib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylangan edi.
Live
Barchasi