Ferran CHLda ilk turning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Sport
−
09:49 318 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Ferran Torres 2026-2027 yilgi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 9 sentyabr kuni musobaqaning ochilish uchrashuvida PSJ o‘z maydonida “Slovan”ni 6:1 hisobida mag‘lub etdi. 26 yoshli Torres parijliklar safida Chempionlar ligasidagi debyutidayoq xet-trik qayd etdi.
Haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun o‘tkazilgan ovoz berishda u “Barselona” hujumchisi Rafinya, “Shtutgart” hujumchisi Ermedin Demirovich va “Betis” himoyachisi Mark Bartradan ustun keldi.
Ma’lumot uchun, Torres joriy yil avgust oyida “Barselona”dan PSJga o‘tgan va Fransiya klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan.
Live
Barchasi