Farg‘onadagi bog‘chada bolani tok urishi ortidan jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
26 fevral 4090 1 daqiqa
Avvalroq, Farg‘ona shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida bolani yuqori kuchlanishli tok urgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan. Bolaning buzilgan huquqlarini tiklash hamda uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvlarini boshlagan.
Live
Barchasi