Farg‘onada “yovvoyi odam” paydo bo‘ldimi?
Jamiyat
−
01 avgust 46735 1 daqiqa
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarida Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida “yovvoyi” kimsa paydo bo‘lgani va ayollar, bolalarga tashlanib qolayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor qidiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqarolar tomonidan aytib kelinayotgan “yalang‘och odam”, “yovvoyi odam”ni hech bir shaxs ko‘rmagani, uning tasviri videokuzatuv kameralariga tushmagani, qolaversa mazkur holat sun’iy shov-shuv ko‘tarish uchun tarqatilgan yolg‘on xabar ekani ma’lum bo‘lgan.
“Hurmatli fuqarolar yuqoridagi kabi xabarlarga ishonib, noo‘rin xulosaga bormang. Ijtimoiy tarmoq faollarini bu kabi asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr