Farg‘onada yana bir guruh ko‘cha bezorilari ushlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida kriminal vaziyatni barqarorlashtirish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlarda yana bir jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 28 yanvar kuni Farg‘ona tumani “Oqbilol” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Farg‘ona shahrida yashovchi tanishiga qo‘ng‘iroq qilib, undan Quva tumanida yashovchi shaxs qarzdor ekanligini, ushbu qarzni olishda amaliy yordam berishini so‘raydi. Qarzdorga qarzni zudlik bilan egasiga qaytarib berish aytilganda esa, u tanishi Sirojiddin Ortiqovga holatni bayon qiladi. Ortiqov ham masalani ko‘cha yechimi bilan hal qilish uchun tanishi Nodir Soliyevga murojaat qilgan va u orqali Farg‘ona shahrida yashovchi aka-uka Ilhomjon va Arabjon Mamirovlarga xabar qilinadi. 

Oqibatda aka-uka Mamirovlar gumashtalari bilan birga Farg‘ona shahrida yuqoridagi ikki nafar shaxslar bilan ko‘rishib, ularni Quva tumanidagi meva bog‘ hududiga olib ketishadi va u yerda qo‘rqitib, tan jarohat yetkazib, qarz to‘liq qoplanganligi to‘g‘risidagi tilxatni majburan yozdirib oladi.

Shu kuni aka-uka Mamirovlar qarz masalasini ko‘cha yechimlari orqali hal qilishgach, evaziga qarzdorning plastik kartasini olib qo‘yib, jami 12 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirib oladi. Bundan tashqari, shu kuni qarzdorning akasidan ham masala hal qilinganligi uchun yana 5 million so‘m pulni qo‘lga kiritadi. 

Mazkur holat yuzasidan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni sodir qilishda gumonlangan Arabjon Mamirov, Qodir Soliyev hamda Sirojiddin Ortiqov qo‘lga olinib, jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda Ilhomjon Mamirovni ushlash choralari ko‘rilmoqda

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Farg‘onada 34 kishidan iborat jinoiy guruh fosh etilgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Ichki ishlar kriminal vaziyat uyushgan jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing