Farg‘onada qurilish mansabdori va gaz ta’minoti xodimi qo‘lga olindi

3-sahifa

image
Namanganda Qurilish inspeksiyasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi north_east

Namanganda Qurilish inspeksiyasi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyatida biror ishni hal qilib berish evaziga pora so‘ragan 2 kishi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatdagi tumanlardan birining gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda, 10 ta xonadonni yuqori bosimli tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berish evaziga har bir xonadondan 1000 dollardan, jami 10 ming dollar talab qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining tanishi orqali olgan vaqtida ushlandi.

DXXga ko‘ra, tuman gaz ta’minoti bo‘limi rahbari muqaddam sudlangan bo‘lsa-da o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasining bosh mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalangan holda, Quva tumanida joylashgan 4 sotix yer maydonida qurilishi tugallanmagan bino-inshootlarning hujjatlarini kadastr, arxitektura kabi mutasaddi tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 5000 dollar talab qilgan. Bosh mutaxassis oldindan 1000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 28, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 avgust kuni Savdo sanoat palatasida qurilish sohasi tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda o‘zini bir nechta qurilish kompaniyalari rahbari sifatida tanishtirgan Usmonjon Abdusamadov Toshkent shahrida bitta uy uchun 200 ming dollargacha, Toshkent viloyatida esa 100 ming dollargacha xarajat borligi yuzasidan da’vo bilan chiqqandi. U, shuningdek, mutasaddilardan arizalarning asossiz rad etilishiga qarshi chora ko‘rishni so‘ragandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi fuqaro (tadbirkor) Usmonjon Abdusamadovga nisbatan tegishli tartibda javobgarlik choralari ko‘rish va huquqiy baho berilishini so‘rab, Ichki ishlar vazirligiga rasmiy ariza kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora DXX Farg'ona gaz ta'minoti jinoyat ishi qurilish mansabdori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing