Farg‘ona vodiysida elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
07 iyun 2020
5081Farg‘ona vodiysi bo‘ylab Andijon, Farg‘on va Namangan viloyatlarini bog‘lovchi uzunligi 331 km bo‘lgan halqa elektropoyezdlar harakati qo‘yiladi.
Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon stansiyalari oralig‘i elektrlashtirib bo‘lingan. Ayni paytda Qo‘qon-Namangan-Andijon stansiyalari elektrlashtirilayotgan ekan. Bu ishlar ham yaqin ikki oyda yakunlanadi.
Elektrpoyezdlarning birinchi qatnovi shu yilning sentyabr oyida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Yo‘lkira narxi 5 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha bo‘ladi.
Poyezdlar konditsionerlar, USB-kabellar, Wi-Fi, bufet, moto-velosipedlar uchun maxsus joylar, biohojatxona kabilar bilan ta’minlanadi.