Farg‘ona va Namanganda aholiga ajratilgan unni sotib yuborgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
09 iyun 2022
10533Namangan viloyatining Pop tumani va Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan MCHJ va xususiy korxona rahbarlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “P.Z.” MCHJ rahbari S.X. aholi iste’moli uchun ajratilgan 54,9 tonna 1-navli un mahsulotini boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlangan.
Xuddi shunday, Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.U.” XK rahbari A.A. hamda “A.R.” va “T.M.” XKning norasmiy rahbari M.O. uzoq va chekka hududda istiqomat qilayotgan aholi uchun ajratilgan 10,1 tonna un mahsulotini Marg‘ilon shahri hududida boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.A., M.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi