Fabregas futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy kim ekanligini ma’lum qildi

Sport

image

“Komo” bosh murabbiyi Sesk Fabregas futbolchi sifatidagi faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni aytdi.

“Venger - menga ustozlik qilgan eng yaxshi murabbiy. Ayniqsa, hozir, murabbiylik faoliyatimning boshida turganimda, Venger men uchun juda muhim shaxs. U har bir uchrashuvdan keyin men bilan gaplashadi”, deydi Fabregas.

Ma’lumot uchun, Sesk Fabregas faoliyati davomida Londonning “Arsenal”, “Barselona” va “Chelsi” kabi klublarda to‘p surgan. Futbolchi, shuningdek, Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan va bir marta jahon chempioni (2010), ikki marta Yevropa chempioni (2008, 2012) bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fabregas Rimning “Roma” klubi ustoziga aylanishi mumkinligi xabar qilingandi.

Rimliklar murabbiylik lavozimi uchun bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Fabregasdan tashqari “Ayaks” bosh murabbiyi Franchesko Farioli, “Jenoa” ustozi Patrik Viyera va hozirda “Al-Nasr”ni boshqarib kelayotgan Stefano Pioli ham short-listdan o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Komo Sesk Fabregas Venger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing