Estoniya Rossiya bilan chegarada harbiy baza quradi

Olam

image

Estoniya Rossiya chegarasiga yaqin joylashgan Narva shahrida harbiy baza barpo etishni rejalashtirmoqda. Bazada 200-250 nafar estoniyalik harbiy xizmatchi va mamlakatning ittifoqchilaridan iborat bo‘linmalar joylashtiriladi. Bu haqda Estoniya Mudofaa kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Vaxur Karus ma’lum qildi.

“Biz shahar aholisiga bu yerda Estoniya davlati borligi haqida aniq signal yuboramiz. Narvaliklar harbiylarning kundalik hayotlarining bir qismiga aylanishiga ko‘nikishadi. Bu – bir ma’noda Narva Estoniyaning ajralmas qismi ekanini ko‘rsatuvchi namoyish bo‘ladi,” dedi Karus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy baza qurish masalasida u Estoniya parlamentidagi partiyalar bilan muzokaralar o‘tkazgan va ularning ijobiy munosabatiga ega bo‘lgan.

Karus, shuningdek, bazada rotatsion asosda turli harbiy bo‘linmalar joylashtirilishini qo‘shimcha qilgan. U yerda doimiy harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga chaqirilganlar hamda zaxiradagi harbiylar joylashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litva, Latviya va Estoniya Mudofaa vazirliklari Rossiya va Belarus bilan chegarani minalash masalasini ko‘targandi. Ushbu uch respublika Mudofaa vazirlari chegarani bir necha qatlamli istehkomlar bilan mustahkamlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Gap piyodalarga qarshi va tankka qarshi minalar haqida bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Estoniya harbiy baza Narva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing