Ertaga Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi (video)
Jamiyat
−
19:57 568 1 daqiqa
Ertaga, 20 mart – Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent shahrida ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent shahridagi 119 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu sababli fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va tadbirlarni tartibli o‘tkazish maqsadida 20 mart kuni soat 00:00 dan 09:00 gacha ayrim ko‘chalarda avtotransport harakati cheklanadi.
Bildirilishicha, cheklovlar Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Olmazor, Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa, Yunusobod, Yakkasaroy, Sergeli, Yashnobod va Mirobod tumanlaridagi yirik masjidlar atrofidagi ko‘chalarda joriy etiladi. Xususan, Buyuk Ipak yo‘li, Bunyodkor, Kichik halqa aylanma yo‘li, Qorasaroy, Sebzor, Al-Xorazmiy, Lutfiy, Farg‘ona yo‘li va Toshkent halqa aylanma yo‘lining ayrim qismlarida vaqtinchalik cheklovlar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2026 yil Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilagan edi.
Live
Barchasi