Eronning sobiq prezidenti qatl etilishi mumkin
Olam
−
22 Sentabr 22039 2 daqiqa
Eron parlamenti komissiyasi a’zosi Kamron G‘azanfariy sobiq prezident Hasan Ruhoniyga qarshi ayblovlar sudda isbotlansa, u o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Iran International” xabar berdi.
Parlament a’zosining so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezident allaqachon mamlakatga yetarlicha zarar va yo‘qotishlar keltirgan. Zararlarning eng kattasi esa yadroviy kelishuvni butunlay yo‘qotish bo‘lgan.
“Ayblovlarning ba’zilari yer yuzida korrupsiyani tarqatish darajasida va agar sud ularni isbotlasa, u o‘limga hukm qilinadi”, degan Kamron G‘azanfariy qonundagi jazolarga ishora qilib.
G‘azanfariyning aytishicha, avvalgi parlament ham Ruhoniyga qarshi 8 ta shikoyat bergan va va ularning barchasi sudga yuborilgan.
Shuningdek, u Eron sud hokimiyati rahbari G‘ulomhusayn Mohseni Ejeyni qonunda bunday ishlarga vakolati borligiga qaramay, Ruhoniyni jazolash uchun hech narsa qilmayotgani uchun tanqid qilgan.
“Ruhoniy sudlandimi? U jazolandimi yoki yo‘qmi? Agar jazolangan bo‘lsa, qanday jazo olganini ayting. Agar yo‘q bo‘lsa, nega sudlanmagan va jazolanmaganini tushuntiring”, degan G‘azanfariy.
Bundan tashqari, G‘azanfariy marhum prezident Ibrohim Raisiy hukumati davrida Ruhoniyning adliyaga yuborilgan yana bir ishi haqida to‘xtalib, uni Saadobod saroyidan 48 ta qimmatbaho gilamning yo‘qolishida ayblagan. Biroq, Ruhoniy bu ayblovni “siyosiy chalg‘itish” deb rad etgan.
Ruhoniy shu yilning 14 avgustdagi bayonotida Eron milliy manfaatlar va xavfsizlikni ta’minlasa, AQSH bilan muzokaralarni davom ettirishi kerakligini majburiy deb ta’riflagan.
“Yevropa, Sharq va G‘arb davlatlari, hatto AQSH bilan keskinlikni kamaytirishning imkoni bo‘lsa va bu milliy manfaatlarimizga mos kelsa, buning nimasi yomon. Bu bizning burchimiz va majburiyatimizdir”, deya ta’kidlagan Ruhoniy.
G‘azanfariy Ruhoniy jim turishi, uyda dam olishi va bunday ishlarga kirmasligi kerakligini aytib, agar unga hech qanday qonuniy choralar ko‘rilmasa, u yana katta gapirishda davom etaverishini aytgan.
“Uning bu so‘zlari o‘sha kuni AQSH bilan muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashdan ogohlantirgan Eron Oliy rahbarining pozitsiyasiga zid keldi”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Ma’lumot uchun, Hasan Ruhoniy 1980 yildan 2000 yilgacha Eron parlamentida ishlagan. Shuningdek, u Milliy xavfsizlik oliy kengashi raisi sifatida Yevropa davlatlari bilan Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar olib borgan. 2013 yildan 2021 yilgacha Eron Prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Prezidentlikdan ketganidan ko‘p o‘tmay (2021 yil avgust) hukmronligi davrida mamalakatda chuqurlashgan iqtisodiy muammolar uchun javobgarlikka tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyada sobiq prezident Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 27 yil-u 3 oyga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr