Erondagi maqbarada terakt uyushtirgan tojikistonlik qatl qilinishi mumkin

Olam

image

Joriy yilning 13 avgust kuni Eron janubidagi Sheroz shahrida joylashgan Shoh Cherax maqbarasida terakt uyushtirgan Tojikiston fuqarosi qatl qilinishi mumkin. Bu haqda “Mehr News” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sheroz shahrida 10 sentyabr kuni Shoh Cherax maqbarasi uyushtirilgan hujum ishtirokchilari ustidan sud jarayoni boshlangan. Unda Tojikiston fuqarosi Rahmatullo Navro‘zov hamda uning qaysi davlatdan ekani noma’lum bo‘lgan ikki nafar sherigi Habibullo Arabzoda va Amrullo Nazariylarga nisbatan ayblov ishi ko‘rib chiqilgan. 

Shahar prokuraturasi vakili Rahmatullo Navro‘zovni birinchi darajali jinoyat – xudosizlik va ISHID terrorchilik guruhiga a’zolikda aybdor, deb topishni talab qilgan. Prokuror esa uni o‘limga hukm qilishni so‘ragan.

Sud majlisi davomida tojikistonlik erkak so‘roq qilinganida u ISHID emissarlarida unga masjidga o‘t qo‘yish va odamlarni otib o‘ldirish buyurilganini tan olgan. 

“Men hibsga olinishimni bilmasdim, o‘ldirishadi, deb o‘yladim. Nishonga olingan odamlarning sonini hisoblamadim, niyatim oxirgi patrongacha otib, buyruqni bajarish edi”, degan Rahmatullo Navro‘zov.

Eslatib o‘tamiz, mazkur terakt vaqtida Navro‘zov qo‘lidagi avtomatdan 11 marta o‘q uzgan, oqibatda 2 kishi o‘lgan va 7 kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

terakt tojikistonlik Erondagi maqbara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing