Erondagi aviahalokat qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar bormi?

Olam

image

Xabaringiz bor, bugun, 8 yanvar kuni Eron poytaxti Tehron xalqaro aeroportidan uchgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Hodisada 179 kishi halok bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi aviahalokatda o‘zbekistonliklar qurbon bo‘lmaganini ma’lum qildi.

“Mamlakatimizning Tehron shahridagi elchixonasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra bugun “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” Boeing-737 samolyotining Eronda aviahalokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlar ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, samolyot bortida bo‘lganlarning asosiy qismi eronlik bo‘lgan. Hozirda samolyotning qora qutisi topildi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy holat yuzasidan jinoyat ishi ochishni buyurdi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Ukraina aviahalokat

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing