Eronda norozilik namoyishlariga chiqqan erkak o‘limga hukm qilindi

Olam

image

Eron Mahsa Amini o‘limi ortidan butun mamlakatni qamrab olgan ommaviy norozilik namoyishlarida ishtirok etganlikda aybdor deb topilgan fuqaroga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi. 

Eron Adliya tizimiga tegishli “Mizan” axborot agentligiga ko‘ra, Muhsin Shikariy 20 noyabr kuni Tehronning Sattorxon ko‘chasidagi namoyishlar chog‘ida fuqarolarni pichoq bilan qo‘rqitgani va xavfsizlik xodimini yaralagani uchun Inqilobiy sudi tomonidan o‘limga hukm qilingan. 

Sudyalar uni o‘qotar qurol olib yurish, yo‘lni to‘sish, transportni to‘xtatish, xavfsizlik rejimini buzish, politsiya kuchlari (Besich) bilan to‘qnashuv, qo‘riqchiga jarohat yetkazish, qo‘rquv va dahshat uyg‘otish kabi moddalar bo‘yicha aybdor deb topdi. Keyinroq Eron Oliy sudi ham hukmni tasdiqladi. 

Muhsin Shikariy Mahsa Aminiy o‘limidan so‘ng namoyishlar munosabati bilan qatl etilgan birinchi fuqaro bo‘ldi. 

Davlat televideniyesining 24 sentyabr kungi xabarida aytilishicha, zo‘ravonlik harakatlariga aylangan namoyishlarda kamida 41 kishi, jumladan xavfsizlik kuchlari halok bo‘lgan. Shu bilan birga, namoyishlar paytida odamlarning halok bo‘lgani haqida rasmiy hokimiyatdan aniq ma’lumot olinmagan. Norvegiyada joylashgan Eron Inson huquqlari tashkiloti norozilik namoyishlari paytida 458 dan ortiq odam o‘lganini xabar qildi. 

Eron matbuoti tartibsizliklar chog‘ida 60 ga yaqin xavfsizlik kuchlari a’zosi halok bo‘lganini ochiqladi. 

Shu kungacha namoyishlarda qatnashgani uchun 11 kishi o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Mahsa Amini vafoti va namoyishlar

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.

Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.

Amini poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. 

Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Mahsa Amini

Baholaganlar

32

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing