Eronda ayollarga mototsikl haydashga ruxsat berildi

Olam

image

Eron hukumati ayollarga mototsikl haydash va buning uchun rasmiy haydovchilik guvohnomasini olishga ruxsat berdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi

Qaror Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif tomonidan imzolangan bo‘lib, unda ayollarga mototsikl uchun haydovchilik guvohnomasini berish tartibi belgilab berilgan. Mazkur hujjat ayollar tomonidan uzoq yillardan beri ko‘tarib kelinayotgan talabning amaliy yechimi sifatida baholanmoqda.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, ayollarga mototsikl uchun haydovchilik guvohnomasi berilishiga qonuniy taqiq bo‘lmagan, ammo turli talqinlar sabab bu jarayon yillar davomida amalga oshirilmagan.

Ushbu qaror ayollarning qonuniy huquqlarini tan olish bilan birga, shaharlardagi transport tirbandligini kamaytirish va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga ham xizmat qilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Eron parlamenti a’zosi Valiollah Bayati mazkur qarorni ayollarning mototsikllardan foydalanishini qonuniy ravishda tan olish yo‘lidagi muhim qadam deb baholagan. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar asosan ayol instruktorlar tomonidan o‘tkazilishi maqsadga muvofiq ekani haqida gapirgan.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron ayollar motottsikl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing