Eron Yevropa Ittifoqidan “alamini oldi”
Olam
−
26 Oktabr 2022 21464 2 daqiqa
Eron Islom Respublikasi cheklovchi choralarga javoban Yevropa Ittifoqiga aloqador 12 jismoniy va sakkizta yuridik shaxsga sanksiya qo‘ydi. Bu haqda bugun, 26 oktyabr kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda aytiladi.
Sanksiyalar ro‘yxatiga boshqa tashkilotlar qatori Germaniyaning “Deutsche Welle” media kompaniyasining forscha nashrlari va Fransiyaning “Radio France internationale” radiostansiyasi kiritilgan.
Bundan tashqari, Eron Germaniyaning “Bild” gazetasi bosh muharrirlari Yoxannes Boi va Aleksandra Vyursbaxga, shuningdek, Yevroparlamentning bir qancha deputatlariga va Parij 1-okrugining sobiq meriga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, bu shaxslar va tashkilotlar Eron xalqiga qarshi tartibsizliklar, zo‘ravonlik va terrorchilik harakatlariga sabab bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishda ayblanmoqda.
Qarama-qarshi sanksiyalar
17 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi Eronning 11 nafar jismoniy va to‘rt tashkilotiga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Qora ro‘yxatga, xususan, Eron vitse-politsiyasi, uning rahbari, shuningdek, boshqa xavfsizlik kuchlari, Basij militsiyasi va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kiberxavfsizlik qo‘mondonligi kiradi.
19 oktyabr kuni Tehron javob chorasi sifatida Yevropaning o‘ndan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ular orasida Hukumat Aloqa Markazi – Britaniya elektron razvedka xizmati, BBC Farsi va Iran International telekanallari, shuningdek, Britaniya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Tom Tugendxat bor edi.
20 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi Eronning uchuvchisiz uchoqlarini ishlab chiqaruvchi Shahed Aviation Industries kompaniyasi va Islom Respublikasining uch generaliga qarshi sanksiyalar kiritdi. “Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnali” ular Rossiyaga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berish bilan bog‘liqligini da’vo qilmoqda. Xuddi shu kuni Buyuk Britaniya ham xuddi shunday sanksiyalar kiritdi.
Live
Barchasi