Eron Trampning shartiga javob qaytardi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron har qanday tajovuzga darhol va qat’iy javob berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Aroqchi o‘zining X sahifasida yozib qoldirdi.

Uning aytishicha, Eron Qurolli kuchlari to‘liq shay holatda va 12 kunlik urushdan olingan saboqlar yanada tez, kuchli va samarali javob berish imkonini beradi.

“Bizning jasur Qurolli kuchlarimiz– quruqlik, havo va dengizga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzga zudlik bilan va qat’iy javob berishga tayyor, barmoqlar tetik. 12 kunlik urush davomida olingan muhim saboqlar bizga yanada kuchliroq, tezroq va samaraliroq javob qaytarish imkonini berdi”, degan Aroqchi. 

Shu bilan birga, Aroqchi Eron har doim o‘zaro manfaatli, adolatli va teng huquqli yadroviy kelishuv tarafdori bo‘lib kelganini ta’kidlagan. Bunday bitim Eronning tinch yadroviy texnologiyalardan foydalanish huquqini kafolatlashi va yadroviy qurol mavjudligini istisno etishi lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy qurol Eronning xavfsizlik rejalari tarkibiga kirmaydi va mamlakat hech qachon uni qo‘lga kiritishga intilmagan.

Eron Oliy rahbari maslahatchisi Ali Shamhoniy esa javob choralari AQSH, Isroil hamda tajovuzni qo‘llab-quvvatlagan barcha tomonlarga qarshi yo‘naltirilishini aytgan.

Qayd etish joiz, AQSH 2025 yilning iyun oyida Isroil bilan Eron o‘rtasidagi 12 kunlik urush chog‘ida Eron yadroviy ob’ektlariga zarba bergan edi. O‘shanda Tramp Eronning yadroviy dasturi yo‘q qilinganini da’vo qilgan.

2026 yil yanvar oyida Eronda keng ko‘lamli hukumatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Tramp ularni kuch bilan bostirishga javoban harbiy choralar ko‘rish bilan tahdid qilgan, biroq keyinchalik bu rejadan voz kechgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eron yadroviy kelishuvni qabul qilmasa, Tehronga qarshi harbiy zarba berilishi mumkinligi bilan tahdid qilgandi. AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron yadroviy kelishuvni qabul qilmasa, Tehronga qarshi harbiy zarba berilishi mumkinligi bilan tahdid qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Abbos Aroqchi Ali Shamhoniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing