Eron terma jamoasi Minabdagi maktab o‘quvchilarini yod oldi (video)
Sport
−
28 mart 1986 1 daqiqa
Kecha, 27 mart kuni Eron terma jamoasi Nigeriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. O‘yin oldidan eronlik futbolchilar Minab shahrida halok bo‘lgan maktab o‘quvchi qizlar xotirasini yod etdi.
Futbolchilar Nigeriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan avval davlat madhiyasi yangrayotgan paytda binafsha rangli ryukzaklar ko‘tarib chiqishdi. Ushbu ramziy aksiyalar mojaro vaqtida halok bo‘lgan yosh qizlar xotirasiga bag‘ishlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil 28 fevral kuni Minabdagi maktabga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgan. Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining bildirishicha, halok bo‘lganlar soni qariyb 180 nafarni tashkil etib, ularning aksariyatini 7-12 yoshli qizlar tashkil qilgan.
Turkiyada bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Eron terma jamoasi Nigeriyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv oldidan futbolchilar tomonidan ko‘tarilgan ryukzaklarda: “Xudo nomi bilan. Minab shahidlari xotirasiga” degan yozuv aks etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Sardor Azmunni Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilari – Muhammad bin Rashid Ol Maktum va Muhammad bin Zayd ol-Nahayon bilan tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgani sabab, Eron terma jamoadan chetlashtirgandi.
Live
Barchasi