Eron raketalari 10 isroillikni yo‘q qildi

Olam

image

Kecha, 14 iyun kuni Eronning tungi zarbalari oqibatida Isroil shifoxonalari jabrlangan 385 kishini qabul qildi, ulardan 10 nafari halok bo‘ldi. Bu haqda Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, 14 iyun kuni tungi bombardimon davomida Eron yahudiy davlatiga 70 ta raketa yo‘llagan.

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi 13 iyun oqshomidan boshlab boshlangan Eron hujumlari bo‘yicha hisobot e’lon qilgan. Unga ko‘ra, mamlakatda jami 13 nafar o‘lim holati qayd etilgan. Shuningdek, hisobotga ilova qilingan jadvalga ko‘ra, tun davomida shifoxonalarga 385 nafar jabrlangan kishi murojaat qilgan.

Dastlab vazirlik so‘nggi sutkada 12 ta o‘lim holati haqida xabar bergan edi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, vazirlik bu raqam aslida 10 ta ekanini iddao qilib chiqdi. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida 7 kishi og‘ir ahvolda, 40 kishi o‘rta darajada tan jarohati olgan, 298 kishi yengil jarohatlar bilan shifoxonalarga murojaat qilgan. Shuningdek, 14 kishi ruhiy shok holati sababli tibbiy yordam so‘ragan.

Eng ko‘p jarohat olgan bemorlarni qabul qilgan muassasalar orasida markaziy Isroilda joylashgan “Volfson” davlat tibbiyot markazi (96 bemor) hamda Rexovot shahridagi “Kaplan” tibbiyot markazi (56 bemor) qayd etilgan.

Isroil Eronning tungi hujumlari

Isroil 13 iyun kuni tunga yaqin Eronga qarshi operatsiyani boshladi va bu mamlakatning yadro quroli yaratish bosqichiga yaqinlashgani bilan bog‘liq ekanini bildirdi. Tehron esa bunday ayblovlarni inkor etgan bo‘lsa-da, javoban Isroil hududiga yuzlab ballistik raketalarni yo‘lladi.

15 iyun tungi hujumlar davomida Eron dron va o‘rta masofali ballistik raketalar yordamida kombinatsiyalangan zarbalar uyushtirdi. “The Times of Israel”ning yozishicha Tehron uch marotaba hujum boshlagan. Bu safar Isroilga qarshi ilk bor gipertovushli raketa ham qo‘llangan bo‘lib, Xayfa shahridagi nishonga zarba berilgan. Isroil javob tariqasida Erondagi strategik ob’ektlarga, jumladan neftni qayta ishlash zavodlari, neft omborlari, Mudofaa vazirligi binosi va yadro tadqiqot markaziga raketa hujumlari uyushtirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil TsAXAL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing