Eron FIFA’ga jiddiy talab qo‘ydi
Sport
−
15:07 7160 2 daqiqa
Eron Cport vaziri Ahmad Donyamali FIFA’dan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini AQSHda o‘tkazish haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi. Bu haqda vazir CNN telekanaliga bergan intrervyusida so‘z ochdi.
Uning aytishicha, hozirgi vaziyatda turnirni AQSHda o‘tkazish to‘g‘ri emas. Vazirga ko‘ra, Eron hali ham urush holatida bo‘lib, bu ko‘plab sohalarga, jumladan aviaqatnovlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Donyamali Eron tomoni o‘yinlarni Meksikada o‘tkazish imkoniyatini ham taklif qilgan. Vazir futbolchilar Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratilishiga umid bildirgan.
“Agar o‘yinlar Meksikada o‘tkazilsa, balki qandaydir choralar ko‘ra olarmiz. Jahon chempionatiga ikki-uch oy vaqt qoldi, biz esa hali ham urush holatidamiz, parvozlar maxsus sharoitda. Boshqa tomondan, ularning o‘zlari ham farzandlaringiz (sportchilar) xavfsizlikda emas, deb tahdid qilishdi”, deydi vazir.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi va uch mamlakat — AQSH, Kanada hamda Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Eron “G” guruhidan joy olgan bo‘lib, unda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan birga o‘ynaydi. Guruh o‘yinlarining barchasi AQSHda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron terma jamoasiga Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga bormaslikni maslahat bergandi.