Eron AQSHning eronliklarga nisbatan “nomaqbul xatti-harakatlarini” qoraladi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bagay AQSH hukumatining muhojirlarga, jumladan Eron fuqarolariga nisbatan “noo‘rin va kamsituvchi” munosabatini qoralab, buni asossiz va inson huquqlari me’yorlarining buzilishi deb atadi. Bu haqda “Mehr News Agency” xabar berdi. 

AQSH hukumatining muhojirlarga nisbatan “noo‘rin” munosabatiga ishora qilib, Bagay xalqaro me’yorlarga rioya qilish muhimligini ta’kidlab, AQSH hukumatining Eron fuqarolariga nisbatan “g‘ayriinsoniy harakatlari”ni “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb ta’rifladi.

Uning ta’kidlashicha, Eron Tashqi ishlar vazirligi o‘z huquqiy majburiyatlariga muvofiq, xorijdagi Eron fuqarolarining huquqlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Shuningdek, u Eronning Vashingtondagi Manfaatlarni himoya qilish idorasiga, shuningdek, Janubiy Amerikadagi diplomatik va konsullik vakolatxonalariga AQSHdan deportatsiya qilingan Eron fuqarolariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilganini ta’kidladi.

“Eron barcha eronliklarning vatani va yurtdoshlarimiz o‘z vatanlariga bemalol qaytishlari mumkin”, dedi Bagay.

U, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi ularning qaytishi va tegishli muammolarni hal qilishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi.

Bu so‘zlar 12 fevral kuni Panamaga Eron, Afg‘oniston, Xitoy, Hindiston, Nepal, Pokiston, Shri-Lanka, Turkiya, O‘zbekiston va Vetnamdan kelgan muhojirlarni olib ketayotgan birinchi reys bilan bog‘liq. 13 fevral kungi haftalik matbuot anjumanida Panama Prezidenti Xose Raul Mulino turli millatlardan 119 kishi kelganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari mamlakatda ruxsatsiz bo‘lib turgan o‘zbekistonlik muhojirlarni Panamaga deportatsiya qilayotgani haqida xabar berilgandi. AQSHning 13 fevral kungi bayonotida Panama Tashqi ishlar vazirligi Tramp ma’muriyati bilan kelishuvga binoan AQSHga panamalik bo‘lmaganlarni Markaziy Amerika mamlakatiga deportatsiya qilishga ruxsat beruvchi birinchi reysni qabul qilganini tasdiqlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Ismoil Bagay eronliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing