Eron AQSH bilan muzokaralarga rozi bo‘ldi – OAV

Olam

image

Eron muzokaralar guruhi ertaga, 22 aprel kuni tinchlik muzokaralarida ishtirok etish uchun Islomobodga yo‘l oladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Eron muzokaralar guruhi Amerika delegatsiyasi bilan yangi raund uchrashuvlarini o‘tkazish uchun Pokistonga borishini ma’lum qilgan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Tehron AQSHning Hormuz bo‘g‘ozini blokada qilgani sababli muzokaralarda qatnashishdan bosh tortganiga qaramay, ushbu tashrif amalga oshiriladi.

Bungacha CNN nashri vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib, AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi ertaga, 22 aprel kuni bo‘lib o‘tishi mumkinligini xabar qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp, agar delegatsiyalar bo‘lajak muzokaralarda sezilarli natijaga erishsa, Eron rahbariyati bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgan. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, agar Eron yangi muzokaralarga rozi bo‘lmasa, “ilgari hech qachon ko‘rmagan” muammolarga duch keladi. Shuningdek, Trampning so‘zlariga ko‘ra, Amerika delegatsiyasi allaqachon Islomobodga yo‘l olgan. Delegatsiya tarkibidan vitse-prezident Jey Di Vens, maxsus vakil Stiv Vitkoff va maslahatchi Jared Kushner joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Islomobod tinchlik muzokaralari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing