Eron AQSH bilan har qanday uchrashuvni rad etdi
Olam
−
27 iyun 5169 1 daqiqa
Eronning hozirda AQSH bilan uchrashish rejasi yo‘q. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi kecha, 26 iyun kuni davlat televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bu AQSH Prezidenti Donald Trampning Vashington kelasi hafta Eron bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqidagi bayonotiga zid keladi.
Eron Tashqi ishlar vazirining aytishicha, Tehron muzokaralarning oldingi besh bosqichidan so‘ng Isroil va AQSH Eronning yadroviy inshootlariga hujum qilgani ortidan AQSH bilan muzokaralar uning manfaatlariga mos kelish-kelmasligini baholamoqda.
AQSH va Isroil zarbalar Eronning yadroviy qurol yaratish qobiliyatini cheklash uchun qilingan, Eron esa yadroviy dasturi faqat fuqaro maqsadlarida foydalanishga qaratilganini aytadi.
Aroqchining aytishicha, yadroviy ob’ektlarga yetkazilgan zarar “oz emas” va tegishli organlar Eronning yadroviy dasturining yangi haqiqatlarini aniqlamoqda, bu esa Eronning kelajakdagi diplomatik pozitsiyasini bildiradi.