Eron 14 bandli tinchlik kelishuvi loyihasini e’lon qildi
Olam
−
12 iyun 4052 2 daqiqa
Eron va AQSH o‘rtasidagi 14 banddan iborat anglashuv memorandumi loyihasining yangi tafsilotlari e’lon qilindi. Bu haqda Eron muzokara jamoasiga yaqin manbaga tayanib, “Mehr” xabar berdi.
Loyihaga ko‘ra, hujjatda quyidagi asosiy bandlar ko‘rsatilgan:
- Barcha frontlarda, jumladan, Livanda ham urushni darhol va doimiy to‘xtatish.
- AQSH Eronning ichki ishlariga aralashmasligi va uning suverenitetini hurmat qilish majburiyati.
- Dengiz blokadasini 30 kun ichida bekor qilish.
- Eron atrofidan AQSH qo‘shinlarining chiqarilishi.
- 30 kun ichida Hormuz bo‘g‘ozini Eron shartlari asosida qayta ochish.
- Neft va neft-kimyo mahsulotlariga qo‘yilgan sanksiyalarni to‘xtatish hamda Eronning moliyaviy aktivlaridan to‘liq foydalanish imkonini berish.
- AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Eronni qayta tiklash uchun kamida 300 milliard dollarlik reja taqdim etilishi.
- Yadro masalasi va sanksiyalarni to‘liq bekor qilish bo‘yicha 60 kunlik yakuniy muzokaralar.
- Eronning yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasiga sodiqligini tasdiqlashi.
- Muzokaralar davomida AQSH qo‘shinlari sonini oshirmaslik va yangi sanksiyalar kiritmaslik.
- Muzlatilgan 24 milliard dollarlik Eron mablag‘larining bir qismini bosqichma-bosqich, yarmini esa muzokaralar boshlanishidan oldin ozod qilish.
- Kelishuv ijrosini nazorat qilish mexanizmi yaratish.
- Yakuniy kelishuvni BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlash.
- Yakuniy muzokaralar faqat ayrim masalalar (yadro dasturi, sanksiyalar va iqtisodiy tiklanish) bo‘yicha olib boriladi, raketa dasturi va mintaqaviy qurolli guruhlar masalalari kun tartibidan chiqariladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu loyiha hali rasmiy idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda va yakuniy tasdiqdan o‘tmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron hududiga rejalashtirilgan harbiy zarbalar amalga oshirilmasligini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi