Eron Hormuzdan o‘tish uchun to‘lov joriy etdi
Olam
−
30 mart 7845 2 daqiqa
Endi Hormuz yo‘li orqali o‘tish uchun to‘lov olinadi. Tehron tranzit uchun qancha to‘lov olishini oshkor qilmadi. Bu haqda CNN xabar berdi.
“Tez orada, qonun loyihasi qabul qilinishi bilan, ushbu suv yo‘lini yangi tizim boshqaradi. Kemalar uchun xavfsizlik va xizmatlar qonun loyihasida ko‘zda tutilgan to‘lovlar orqali ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
20 mart kuni Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali tranzit uchun to‘lov joriy etganini xabar qildi. Nashrga ko‘ra, tasdiqlangan tashuvchilar uchun “xavfsiz yo‘lak” tashkil etilgan bo‘lib, bitta operator tranzit uchun taxminan 2 million dollar to‘langan. O‘sha paytda ruxsatnomalar har bir holat uchun alohida berilgan. Biroq, Eron kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan rasmiy tranzitni tasdiqlash tizimini ishga tushirishni rejalashtirayotgani ta’kidlangan.
AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng Eron Hormuz bo‘g‘ozida savdoni to‘xtatishini e’lon qildi. Janglardan oldin dunyo nefti, kondensati va neft mahsulotlarining 15-20 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning 30 foizdan ortig‘i suv yo‘li orqali o‘tgan.
25 mart kuni Islom Respublikasi do‘stona mamlakatlar: Rossiya, Hindiston, Iroq, Xitoy va Pokiston kemalariga Hormuz bo‘g‘ozi orqali tranzit o‘tkazishga ruxsat berdi. Shu bilan birga, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron raqiblariga bo‘g‘ozdan foydalanishga ruxsat berishning ma’nisi yo‘qligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvi fonida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish global oziq-ovqat inqirozining oldini olish va o‘g‘itlar savdosiga ko‘maklashish uchun maxsus mexanizm yaratish tashabbusi bilan chiqqandi.
Live
Barchasi