Erkak xotirasini yo‘qotgan rafiqasiga ikkinchi bor uylandi (video)

Olam

image

Malayziyada bir erkak sakkiz yil avval xotirasini yo‘qotgan rafiqasi uchun qaytadan to‘y marosimini o‘tkazdi. Bu haqda “Mothership” xabar berdi.

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, bir necha yil oldin rafiqasi avariyaga uchrab, koma holatiga tushib qolgan. U o‘ziga kelganida eri va farzandlarini tanimagan, shuningdek, ko‘plab oddiy ko‘nikmalarni ham unutib qo‘ygan. O‘shandan beri u to‘liq erining ko‘magiga tayanib yashaydi.

Malayziyalik bu kishi o‘sha davrni hayotidagi eng og‘ir payt bo‘lganini, ayniqsa, farzandlari hali juda kichik bo‘lgani sababli qiynalganini so‘zlab bergan. Shunga qaramay, u oilasi uchun kuchli bo‘lishga va rafiqasi bilan yangi xotiralar yaratish umidida unga g‘amxo‘rlik qilishda davom etishga qaror qilgan.

Qayta o‘tkazilgan to‘y marosimi fotograf va farzandlar yordamida kamtarona tashkil etilgan. Juftlik bir xil an’anaviy liboslar kiygan. Erkak ayolini ehtiyotkorlik bilan uyga boshlab kirgan, u yerda esa gulbarg sochayotgan farzandlari ularni kutib olgan. Marosim uchun erkak asl nikoh uzuklarini tayyorlab qo‘ygan. Ko‘zlarida yosh bilan ayol eriga shuncha yil davomida ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Malayziya to'y nikoh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing