Erdo‘g‘an Trampni Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga ko‘ndirgan – Ahmad ash-Sharaa
Olam
−
27 iyul 2352 1 daqiqa
Suriya Prezidenti Ahmad ash-Sharaa Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘tgan yili mamlakatga qarshi sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha vositachilik qilganini, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa bu masalada AQSH rahbariyati bilan muzokaralar olib borganini aytdi. Bu haqda u “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ash-Sharaaning so‘zlariga ko‘ra, Erdog‘an AQSH va Prezident Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazib, Suriyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni bekor qilishga erishishga harakat qilgan.
“Prezident Erdog‘an Suriyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni bekor qilish uchun AQSH va Prezident Tramp bilan vositachilik qildi. O‘sha paytda Suriyaga cheklovlar qo‘ygan “Sezar qonuni” amalda edi. Bu sanksiyalar avvalgi rejim tomonidan sodir etilgan jinoyatlar sabab joriy qilingan edi. Biroq ag‘darilgan rejimdan qutulgan Suriya xalqining ushbu sanksiyalar ta’sirida qolishi mantiqqa to‘g‘ri kelmasdi. Saudiya Arabistoni va Turkiyaning sa’y-harakatlari natijasida Prezident Tramp ishonch hosil qildi va “Sezar qonuni” doirasidagi sanksiyalarni bekor qildi”, degan ash-Sharaa.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp 8 iyul kuni NATOning Anqaradagi sammiti doirasida Suriya Prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvdan so‘ng Sharaaga alohida jo‘natgan xatida Suriyani AQSHning terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qilganini bildirgandi.
Live
Barchasi