Erdo‘g‘an: “Pandemiyadan keyin hech narsa avvalgi holatiga qaytmaydi”

Olam

image

Dunyo koronavirus pandemiyasini yengib o‘tganidan keyin ham avvalgi hayot tarziga to‘la qaytmaydi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hukumat yig‘ilishida shunday fikr bildirdi.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, pandemiya dunyoga rad etib bo‘lmaydigan o‘zgarishlani olib keldi.

“Albatta, normal hayotga qaytamiz, ammo pandemiyadan keyin hech narsa bizning mamlakat yoki butun dunyo o‘rgangan avvalgi holatiga qaytmaydi, qaytolmaydi”, dedi Erdo‘g‘an.

Prezident Turkiyada koronavirus pandemiyasi fonida yo‘lga qo‘yilgan “Biz bize yeteriz Türkiyem” milliy birdamlik kampaniyasida 1,9 mlrd turk lirasi yig‘ilganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 11 maydan boshlab karantin choralarini yumshatish boshlanadi. Karantin cheklovlari o‘rnatilganidan beri ilk bor 65 yoshdan kattalarga ko‘chaga chiqishga ruxsat berilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Koronavirus Turkiyada

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing