Erdöğan Ozarbayjonda: arazçi Aliyev uni tantana bilan kutib oldi (video)

Olam

−

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Ozarbayjonning Şuşa şahrida Prezident Ilhom Aliyev bilan uçraşdi. Uçraşuvdan avval Turkiya rahbari rasmiy marosim bilan kutib olindi. Bu haqda Turkiya Prezidentining rasmiy saytida xabar berildi.

 

Ma’lum qilinişiça, bugun, 8 noyabr kuni Erdöğan Ozarbayjonga Ğalaba kuni tadbirlarida iştirok etiş uçun rasmiy taşrif bilan borgan. Uni Fuzuliy xalqaro aeroportida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va uning rafiqasi Mehriban Aliyeva kutib olgan.

 

Şundan söng, Turkiya rahbarini Şuşa şahrida rasmiy kutib oliş marosimi ötkazilgan. Tadbirda ikki mamlakatning davlat bayroqlari kötarilib, faxriy qorovul saf tortgan. Turkiya va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangragan.

Marosim davomida davlat rahbarlari delegatsiya a’zolarini bir-biriga taniştirgan va rasmiy suratga tuşgan. Unda Emina Erdöğan hamda Mehriban Aliyeva ham iştirok etgan.
Rasmiy marosim yakunlanganidan keyin ikki davlat rahbari Şuşa şahri hokimligi binosiga kirib, yuzma-yuz uçraşuv ötkazgan.

Ma’lumot uçun, 8 noyabr Ozarbayjonda Qoraboğ ğalabasi munosabati bilan Ğalaba kuni sifatida nişonlanadi. Bu yil mamlakat Qoraboğning 30 yillik bosqindan ozod etilganiga olti yil tölganini nişonlamoqda. Erdöğan ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ozarbayjon xalqini uşbu sana bilan tabriklab, vatan uçun jonini fido qilgan şahidlarni yod etgan.

Qayd etiş joiz, sönggi oylarda Anqara va Baku örtasidagi munosabatlarda bir qator masalalar böyiça kelişmovçiliklar yuzaga keldi. Sentyabr oyida Ozarbayjon hukumati davlat maktablari öquvçilarining taşqi körinişini tartibga soluvçi qoidalarga özgartirişlar kiritdi. Yangi me’yorlar yagona maktab formasi standartini buzuvçi yoki ta’limning dunyoviy xususiyatiga mos kelmaydigan kiyim elementlarini taqiqlaydi.
Qaror Turkiyada, jumladan, yuqori siyosiy darajada tanqidlarga sabab böldi. Ozarbayjon parlamenti deputati Jayhun Mamedov jurnalistlarga islohot ta’lim muassasalarida diniy, etnik va ijtimoiy-iqtisodiy farqlarni bartaraf etişga qaratilganini izohladi. Hujjatda “hijob” sözi tilga olinmagan bölsa-da, özgartirişlar uni öraşga ham daxldor böldi.

Keyinçalik Ozarbayjon TIV respublikada hokimiyatni zöravonlik bilan özgartirişga çaqirgani uçun 31 nafar Turkiya fuqarosini nomaqbul şaxslar röyxatiga kiritdi. Bunga qadar Ozarbayjon Boş prokuraturasi mamlakatda hokimiyatni zöravonlik bilan egallab olişga oçiqdan oçiq çaqiriqlar qiliş böyiça jinoyat işi doirasida yetti nafar Turkiya fuqarosini xalqaro qidiruvga bergan edi.

Eslatib ötamiz, munosabatlar sovuqlaşuvi fonida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “iş jadvalining tiğizligi sababli” joriy yilning 29–30 oktyabr kunlari Turkiyada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida iştirok etmagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing