Erdo‘g‘an musobaqada NBA yulduzini mag‘lub yetdi (video)
Sport
−
11:17 3202 1 daqiqa
Afsonaviy sobiq NBA basketbolchisi, hozirda taniqli ekspert, tahlilchi va teleboshlovchi Shakil O’Nil Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga jarima uloqtirish musobaqasida kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi. Ushbu lahzalar aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Erdo‘g‘an Istanbulda Tursell basketbol rivojlanish markazida O’Nil bilan uchrashgan va uchrashuv yakunida Erdo‘g‘an O’Nil bilan jarima to‘pi tashlash bo‘yicha bahslashgan va 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, Shakil O’Nil faoliyati davomida to‘rt karra NBA chempioni, mavsumning eng qimmatli o‘yinchisi (MVP), uch karra NBA finalning eng yaxshi o‘yinchisi va 15 karra “All-Star” uchrashuvlari ishtirokchisiga aylangan. Shuningdek, O’Nil AQSH terma jamoasi safida jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlari chempioni unvonlarini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida mamlakat Prezidenti Sadir Japarov “Muras” an’anaviy futbol turnirida qatngashgan edi.
Live
Barchasi