Erdo‘g‘an muxolifat raisini sudga berdi
Olam
−
14 avgust 3067 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyadagi asosiy muxolifat – Jumhuriyat xalq partiyasi (CHP) raisi O‘zg‘ur O‘zelga qarshi 1 million turk lirasi (taxminan 24,5 ming AQSH dollari) miqdorida ma’naviy zarar to‘lash talabi bilan sudga da’vo arizasi berdi. Bu haqda “Hurriyet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, u O‘zelni haqorat qilishda ayblab, ma’naviy zarar uchun 1 million turk lirasi miqdorida tovon talab qilmoqda.
Nashrga ko‘ra, 13 avgust kuni O‘zg‘ur O‘zel tomonidan Prezidentga nisbatan aytilgan noo‘rin gaplar va asossiz ayblovlar sababli Anqaraning birinchi instansiya fuqarolik sudiga ma’naviy zarar uchun tovon undirish bo‘yicha da’vo arizasi topshirilgan. Shuningdek, Anqara bosh prokuraturasiga Prezidentni haqorat qilish jinoyati yuzasidan ariza berilgan.
O‘zel 13 avgust kuni Istanbuldagi mitingda mart oyida korrupsiya ayblovi bilan hibsga olingan Ekrem Imamo‘g‘lining qamoqqa olinishi uchun aybni Erdo‘g‘anga yuklagan.
Erdo‘g‘an avval ham partiya rahbariga qarshi bir necha bor sud da’volarini bergan. Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, Prezidentni haqorat qilish jinoyat hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbulda noma’lum shaxs O‘zg‘ur O‘zelga Otaturk madaniyat markazidagi xotira tadbiridan chiqib ketayotganda musht tushirgandi.
Live
Barchasi