Endrik Ronalduning natijasini takrorladi
Sport
−
02 aprel
1581Madridning “Real” klubi hujumchisi Endrik tomonidan Ispaniya kubogi yarim finalida “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinda urilgan to‘p 18 yoshli futbolchining ushbu musobaqada joriy mavsumdagi beshinchi gol bo‘ldi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Braziliyalik hujumchi "Real Madrid"da Krishtianu Ronaldudan keyin Ispaniya kubogida bir mavsumda kamida beshta gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. 2012/2013 yilgi mavsumda portugaliyalik futbolchi Qirol kubogida 7 ta gol urishni uddalagan.
Ma’lumot uchun, Endrik o‘tgan yozda “Real”ga o‘tgan edi. Bungacha 18 yoshli hujumchi “Palmeyras” safida to‘p surgan. Umumiy hisobda Endrik joriy mavsumda barcha turnirlarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi kelgusi faoliyati bo‘yicha bir qarorga kelgani xabar qilingandi.
Endrikka ko‘ra, u Realdagi faoliyatidan mamnun va biroz kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan bo‘lsa ham, jamoani tark etish niyatida emas.
LiveBarchasi