Endi o‘zbekistonliklar yana bir rivojlangan davlatda 30 kun vizasiz yurishi mumkin
Olam
−
21 avgust 2022
61385Endilikda O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari Tailandda 30 kun vizasiz qolishlari mumkin. Bu haqda “Bangkok Post” xabar bergan.
Qayd etilishicha, Tailand hukumati mamlakat Turizm boshqarmasi va turoperatorlarning xorijiy sayyohlar uchun vizasiz qolish muddatini oshirish bo‘yicha taklifini ma’qullagan.
Hukumatning 19 avgustdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari Tailandda 15 kun o‘rniga 30 kun qolishi mumkin.
Tailandga viza olmasdan kirish huquqiga ega xorijliklar uchun esa mamlakatda vizasiz qolish muddati 30 kundan 45 kungacha uzaytiriladi.
Qabul qilingan qarorlar qirollik gazetasida e’lon qilinishi bilanoq, ular rasman kuchga kirgan, deb hisoblash mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi yuqoridagi ma’lumotlarga hozircha izoh bergani yo‘q.
Amaldagi qoidalarga ko‘ra, mamlakatga kirish uchun koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik sertifikati yoki 72 soatdan kechiktirmay o‘tkazilgan PZR-testini taqdim etish kerak.
LiveBarchasi