Endi Rossiyadan chiqib ketgan fuqarolarning mol-mulki musodara qilinadi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatdan chiqib ketgan fuqarolarga tegishli mol-mulkni vaqtincha xatlash (ya’ni foydalanishni cheklash) imkonini beruvchi yangi qonunni imzoladi. Bu haqdagi qonun hukumat portalida e’lon qilindi.

Qonunga ko‘ra, agar Rossiyadan tashqarida yashayotgan yoki ketib qolgan fuqaroga “davlat manfaatlariga qarshi ma’muriy huquqbuzarlik” ayblovi qo‘yilsa, uning mol-mulki sud qaroridan oldin ham vaqtincha muzlatib qo‘yilishi mumkin. Bu chora keyinchalik qo‘yilishi mumkin bo‘lgan jarimani undirishni ta’minlash uchun ishlatiladi.

Sud bunday qaror bo‘yicha arizani tezkor tartibda – ro‘yxatga olinganidan keyingi kunning o‘zidayoq ko‘rib chiqadi. Eng muhim jihati: mulk egasini oldindan chaqirish yoki ogohlantirish majburiy emas.

Qonun 2026-yil 1-sentyabrdan kuchga kiradi.

U asosan Rossiya Ma’muriy kodeksining 10 dan ortiq moddalariga tegishli. Ular orasida:

  • “xorijiy agent” qoidalarini buzish;
  • ekstremistik materiallar tarqatish;
  • “soxta xabarlar” tarqatish;
  • taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish;
  • armiyani “obro‘sizlantirish” kabi ayblovlar ham bor.

Qisqasi, yangi qonun Rossiyani tark etgan shaxslarning mol-mulkini sud qaroridan oldin ham vaqtincha bloklash va keyinchalik jarima yoki jazo uchun ishlatishga imkoniyat beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin migrantlar uchun majburiy tibbiy ko‘rik qoidalarini kuchaytiruvchi qonunni imzolagandi.

Avval migrantlar Rossiyaga kirganidan so‘ng 90 kun ichida xavfli yuqumli kasalliklar va OIV mavjudligini aniqlash hamda giyohvand moddalar iste’moli bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak edi. Yangi qonunga ko‘ra, bu muddat 30 kungacha qisqartirildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing