Endi Nobel mukofoti g‘oliblariga 1,2 mln dollardan beriladi
Olam
−
21:39 458 1 daqiqa
2026 yilgi Nobel mukofotining har bir kategoriya bo‘yicha beriladigan pul miqdori 12 million shved kronasiga ($1,2 mln) oshirildi. Nobel jamg‘armasi tegishli qarorni qabul qildi.
Tashkilotning aniqlik kiritishicha, mukofot miqdori har bir nominatsiyada 1 million shved kronasiga ($100 ming) oshgan. Oxirgi 15 yil ichida mukofot miqdori bir necha bor o‘zgartrilgan, jumladan, kamaytirilgan ham edi.
Ushbu qaror Nobel mukofotining 125 yilligiga bag‘ishlangan. Mukofotlar ilk bor 1901 yilda topshirilgan. 2012 yilda jamg‘arma moliyani mustahkamlash dasturi doirasida pul to‘lovini qisqartirgan, shundan so‘ng uni bir necha bor oshirgan. 2026 yilgi laureatlarning nomlari 5 oktyabrdan 12 oktyabrgacha bo‘lgan oraliqda e’lon qilinadi.
Nobel mukofotlari shved ixtirochisi va tadbirkori Alfred Nobel vasiyatiga ko‘ra ta’sis etilgan. Ular beshta sohada: fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot, adabiyot va tinchlikni mustahkamlash yo‘nalishlarida beriladi. Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan iqtisodiy fanlar bo‘yicha alohida mukofotni esa 1968 yilda Shvetsiya Banki ta’sis etgan bo‘lib, u ilk bor 1969 yilda topshirilgan.
2025 yilda to‘liq Nobel mukofoti miqdori 11 million shved kronasini ($1,17 mln atrofida) tashkil etgan. 2026 yilda ushbu mukofotga 287 ta nomzod – 208 nafar shaxs va 79 ta tashkilot ilgari surilgan.
Live
Barchasi