Endi 16 yoshga to‘lgan o‘g‘il bolalar ma’lumoti avtomatik harbiy hisobga o‘tadi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lgan va ID-karta olgan o‘g‘il bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining axborot tizimidan olinib, ularni avtomatik tarzda harbiy hisobga qo‘yish tartibi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov “Axborot 24” dasturida ma’lum qildi.

Kecha, 8 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan taqdimot bilan tanishgan. Taqdimotda mudofaa ishlari organlari faoliyatiga “nol byurokratiya” tamoyilini joriy qilish maqsadida harbiy hisobga olish, tibbiy va chaqiruv komissiyalarini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ma’ruza qilingan. 

Unga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan va ID-karta olgan o‘g‘il bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining axborot tizimidan olinib, ularni avtomatik tarzda harbiy hisobga qo‘yish tartibini joriy etilishi nazarda tutilmoqda. 

Shu bilan birga, mudofaa ishlar bo‘limlarida tibbiy komissiyadan o‘tish tartibi bekor qilinib, barcha tibbiy ko‘rik tadbirlarini tuman va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida amalga oshirish reja qilinmoqda. 

Mudofaa vaziriga ko‘ra, ushbu takliflarni amaliyotga tatbiq etilishi natijasida fuqarolarga shaffof, raqamli xizmatlar ko‘rsatilib, ortiqcha byurokratiya va ovoragarchiliklarga chek qo‘yiladi. 

Prezident barcha takliflarni ma’qullab, bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan bir qator topshiriqlar belgilab bergan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi negizida Harbiy-havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing