Puldor xaridorlar kutmoqda. Iroqni egallaymiz
Biznes
−
20 iyul 3461 1 daqiqa
Ko‘pchilik Iroq deganda faqat urush yoki beqarorlikni tasavvur qiladi. Vaholanki, Iroq bugun Yaqin Sharqning eng tez rivojlanayotgan, katta iste’mol bozoriga ega davlatlaridan biri. Iroq aholisi 46 milliondan ortiq kishini tashkil etadi.
Eng qizig‘i, bu hududda o‘rtacha oylik maosh 530–700 dollar atrofida — bu Yaqin Sharqdagi ko‘plab davlatlardan yuqori ko‘rsatkichdir. Iste’mol bozori katta, sotib olish qobiliyati yuqori, lekin mahalliy ishlab chiqarish sust.
Mana shunday katta iqtisodiy imkoniyatlar fonida bugun, 18 iyul kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekistonning Quvaytdagi elchixonasi tashabbusi bilan 165 nafar Iroq Kurdistoni tadbirkorlaridan iborat juda yirik delegatsiya O‘zbekistonga yetib keldi.
Bugungi yirik biznes-forum to‘satdan yoki tasodifan paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Bu — 2025 yil dekabr oyida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabovning Iroqqa tashrifi hamda joriy yilning 1–7 fevral kunlari o‘zbek delegatsiyasining Bag‘doddagi "Baghdad International Fair" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etganining mantiqiy va amaliy davomidir.
Bugungi tadbirda o‘zaro savdo aylanmasini hamda hamkorlikni yanada kengaytirish uchun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Iroq Kurdistoni Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Batafsil YouTube sahifamizda!
Live
Barchasi