Efiopiyada avtobus jarlikka quladi. 30 ga yaqin qurbon bor
Olam
−
15 iyun 1431 1 daqiqa
Efiopiyaning Amxara mintaqasida yo‘lovchi avtobusining jarlikka qulab tushishi oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiya ma’lumotlariga tayanib, Amxara davlat media korporatsiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avtobus Dessi shahridan poytaxt Addis-Abebaga yo‘l olgan paytda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus haydovchi boshqaruvni yo‘qotganidan so‘ng yo‘ldan chiqib ketib, daryoga qulagan.
“Hozirga qadar 28 kishi hayotdan ko‘z yumdi, ko‘plab odamlar turli darajadagi jarohatlar oldi”, deyilgan politsiya ma’lumotida.
Qayd etilishicha, jarohatlanganlar orasida ahvoli og‘ir bo‘lganlar ham bor. Hodisa joyida qutqaruv va tergov ishlari davom etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Efiopiyada yo‘l-transport hodisalari tez-tez uchrab turadi. Mutaxassislar bu holatga haydovchilik madaniyatining pastligi va ko‘plab transport vositalarining texnik holati talab darajasida emasligini sabab qilib ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya janubi-g‘arbida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan edi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust