“Yo kelishamiz, yoki ishni tugatamiz”. Tramp Eronga yana tahdid qildi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 6 iyul kuni Eron bilan yo kelishuvga erishilishini, yoki Vashington “ishni oxiriga yetkazishini” aytdi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.

AQSH va Eron o‘rtasidagi bilvosita muzokaralar o‘tgan hafta yakunlangan bo‘lsa-da, tomonlar o‘rtasida barqaror tinchlikka erishish bo‘yicha sezilarli siljish kuzatilmagan. 

“Biz yo kelishuvga erishamiz, yoki ishni oxiriga yetkazamiz. Buni oxiriga yetkazish qiyin bo‘lmaydi. Men kelishuvni afzal ko‘raman, chunki 91 million aholiga zarar yetkazishni istamayman”, degan Tramp Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatda.

Shu tariqa Tramp Tehronga nisbatan harbiy harakatlar ehtimoli haqidagi tahdidlarini yana bir bor takrorlagan. Bu bayonot Eronda oliy rahbar oyatulloh Ali Xomanaiyning dafn marosimidan keyin rasmiy Tehron qat’iy pozitsiya namoyon etayotgan bir paytda yangradi.

“Biz ularning ko‘priklarini bir soat ichida yo‘q qila olamiz, energetika ta’minotini ham izdan chiqara olamiz. Hozir ularda pul yo‘q. Biz ularga hech qanday mablag‘ berganimiz yo‘q”, degan u

Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Muhammad Boqir Zolqadr Trampning bayonotlarini “xayoliy” deb atagan.

“Eronliklar tahdid tilini tushunmaydi. Shuning uchun Eron xalqi bilan hurmat bilan gaplashing, aks holda biz boshqa tilda javob beramiz”, degan Zolqadr davlat OAVlari orqali tarqatilgan bayonotida.

Uning ta’kidlashicha, 28 fevral kuni AQSH va Isroil zarbalari bilan boshlangan urushdan keyin eronliklar zaiflashgan emas, aksincha, birlashgan va qat’iy kayfiyatda ko‘ringan.

Vashington fikricha, 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi Eronning yadro quroli ishlab chiqishining oldini olishga qaratilgan diplomatik jarayonni qayta jonlantirish uchun joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakat xalqi yoki rahbariyatiga qarshi har qanday tahdidga Tehron darhol va qat’iy javob qaytarishini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing