Dzyudo. JCHning uchinchi kuni ham O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlandi

Sport

image

Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionti bahslari davom etmoqda. O‘zbekistonlik sportchilar bugungi kungi bellashuvlarni ham muvafaqqiyatsiz yakunlashdi.

+73 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Murodjon Yo‘ldoshev ilk bosqichda gambiyalik Faye Nijiyeni “vazari” bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Keyingi bosqichda Yo‘ldoshev qirg‘izistonllik Ertur Turdiboyevdan ustun kelib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Chorak finalda Murodjon Jahon chempioni va 3 karra Masters musobaqalari g‘olibi yaponiyalik Soichi Xashimotoning to‘sig‘idan o‘ta olmadi. 

Ushbu vaznda ishtirok etayotgan yana bir O‘zbekiston vakili Shahram Ahadov ham chorak finalda ishtirokini tugatdi. Ilk bosqichda AQSH vakili Dominik Rodrigesning to‘sig‘idan o‘ta olgan Ahadov, saralashning ikkinchi bellashuvida ispaniyalik Salvador Kases Rosani so‘ngi soniyalarda mag‘lubiyatga uchratgandi. Chorak finalda u ozarbayjonlik Hidayat Heydarovga mag‘lub bo‘ldi

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston vakillari mundialdagi ishtiroklarini erta yakunlashga majbur bo‘lishdi. -52 kgda bahslarga kirishgan dzyudochi Shukurjon Aminova janubiy koreyalik Mimi Xuxga Golden Score'da imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Nilufar Ermaganbetova braziliyalik Rafaela Silvaning to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Shahzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing