Dzyudo. Bugun O‘zbekistonning to‘rt vakili JCH medallari uchun bahslarga kirishadi
Sport
−
08 Oktabr 2022
2090Bugun, 8 oktyabr kuni Toshkent shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi kungi bahslari start oldi. Bugungi dasturda to‘rt nafar o‘zbekstonlik dzyudochi o‘z ishtirokini boshlaydi.
-73 kgda Shahram Ahadov Ameria Qo‘shma Shtatlari vakili Dominik Rodrigesga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu vaznda yana bir O‘zbekiston vakili Murodjon Yo‘ldoshev gambiyalik Faye Njiye bilan kuch sinashadi.
Ayollar o‘rtasida -57 kgda Nilufar Ermaganbetova Braziliya jamoasi sportchisi Rafaela Silva bilan, Shukurjon Aminova esa Adina Kochkonbayevaga (Qirg‘iziston)/Mimi Huh (Janubiya Koreya) qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan ikki kun davomida O‘zbekiston vakillari hozircha musobaqada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kirita olishmadi.
Shahzod Shukurov
LiveBarchasi