Durdona va Sayyoraning qotillariga umrbod qamoq so‘raldi

3-sahifa

image

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘ldirib ketilgan ikki o‘zbekistonlik ayol Sayyora Ergashaliyeva va Durdona Hakimova oid ish bo‘yicha tergov yakunlandi. Hibsga olingan gumonlanuvchilar 31 yashar Dilshod Turdimurotov va 29 yashar G‘ofurjon Kamolxo‘jayevga nisbatan og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosi so‘raldi.

Turkiyada ushbu qotillik katta rezonans keltirib chiqargan edi. Voqealarning barcha tafsilotlariga to‘xtalsak. 24 yanvar kuni soat 19:40 atrofida Istanbul shahrining Shishli tumanida chiqindilar orasidan buyum to‘plab yurgan fuqaro konteyner ichida o‘ralgan jasadni topdi.Ekspertiza natijalariga ko‘ra, ushbu jasad o‘zbekistonlik 37 yashar Durdorna Hakimovaniki ekani aniqlandi va u 23 yanvar kuni o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Durdona Hakimovaning ortidan esa uning dugona Sayyora Ergashaliyeva ham o‘ldirilib, uning jasadi ham bo‘laklanib, Istanbulning turli tumanlaridagi axlat qutilariga tashlangan. Hozirgacha Sayyora Ergashaliyevaning jasadi bo‘laklari topilganicha yo‘q. 

2025 yilning 28 dekabr kuni ishlash maqsadida O‘zbekistondan Turkiyaga kelgan 32 yashar Sayyora Ergashaliyeva bilan 2026 yilning 23 yanvaridan buyon oilasi bog‘lana olmagan. Bu haqda huquq-tartibot organlariga kelib tushgan xabar asosida olib borilgan qidiruvlarda Sayyoraning oxirgi marta o‘zbekistonlik Durdona Xakimova bo‘laklab o‘ldirilgan uyda qolgani aniqlangan.

Tergov guruhi kamera yozuvlarini o‘rganib, 23 yanvar kuni uyga kirgan Sayyoraning ortidan Hakimovaning qotillari Dilshod Turdimurotov va G‘ofurjon Kamolxo‘jayev ham kirganini aniqlagan. Kuzatuv kamerasi yozuvlarida 24 yanvar kuni gumonlanuvchilarning uydan bir necha bor qora chiqindi qoplari bilan chiqqani, so‘ngra oq rangli jomadon bilan manzilni tark etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchilarning tijorat taksisida Fotih tumaniga kelib, jomadondagi tana qismlarini bir chiqindi konteyneriga tashlagach, Yenikapi Marmaray bekatiga piyoda ketgani ma’lum bo‘lgan. Tergov doirasida Durdona Hakimovaning qotilligi sababli hibsda saqlanayotgan Dilshod Turdimurotov va G‘ofurjon Kamolxo‘jayev bilan o‘tkazilgan so‘roqlar davomida Sayyora Ergashaliyeva ham 23 yanvar kuni o‘sha uyda tig‘li jism bilan o‘ldirilgani, jasadi esa bo‘laklanib, Istanbulning turli tumanlaridagi chiqindi konteynerlariga tashlab ketilgani aniqlandi.

Durdona Hakimovaning jasadi O‘zbekistonga yuborilib, dafn etildi, Sayyora Ergashaliyeva uchun esa Istanbulda g‘oyibona janoza namozi o‘qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing