Dunyoning eng qimmat 50 ta sport klubi reytingi e’lon qilindi

Sport

image

“Forbes” jurnali dunyoning barcha sport turlari bo‘yicha eng qimmat jamoalarni o‘z ichiga olgan navbatdagi yillik reytingini taqdim etdi. “Forbes” tomonidan e’lon qilingan ushbu ro‘yxat yana bir bor Amerika sport klublarining ustunligini tasdiqladi.

Reytingning kuchli o‘ntaligida asosan Amerika futboli (NFL) jamoalari yetakchilik qilmoqda. Xususan, “Dallas Kovboys” klubi 2016 yildan buyon bu ro‘yxatda ketma-ket ravishda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Yevropa futboli vakillaridan kuchli 50 talikka to‘rtta klub kiritilgan. Ular:

  • “Real Madrid” – 6,75 milliard yevro (20-o‘rin);
  • “Manchester Yunayted” – 6,6 milliard yevro (24-o‘rin);
  • “Barselona”– 5,65 milliard yevro (42-o‘rin);
  • “Liverpul” – 5,4 milliard yevro (48-o‘rin).

Shuningdek, reytingdan “Formula-1” jamoalari ham joy oldi. “Ferrari” 26-o‘rinni, “Mersedes” esa 34-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Liverpul'” “Manchester Yunayted” “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing