Dollar kursi uch yildagi eng past darajaga tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 39,55 so‘mga tushdi va 11 778,55 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 54,39 so‘mga pasayib, 13 733,75 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 2,73 so‘mga tushdi va 138,96 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 5,1 so‘mga arzonlab, 1752,81 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 4 ming 500 so‘mga oshdi va 1 mln 845 ming 600 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 25 avgust Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 18 mln 324 ming 822 so‘mga oshdi va 934 mln 30 ming 734 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing