Dollar kursi ketma-ket sakkizinchi kun ko‘tarildi
Jamiyat
−
17:37 1017 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 49,81 so‘mga oshdi va 11 963,16 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 61,7 so‘mga ko‘tarilib, 13 390,36 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,6 so‘mga tushdi va 142,33 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 7,71 so‘mga ko‘tarilib, 1787,47 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 700 so‘mga oshdi va 1 mln 804 ming 900 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 14 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 6 mln 672 ming 797 so‘mga oshdi va 1 mlrd 453 ming 727 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi