Dollar kursi keskin pasaydi
Jamiyat
−
16:45 3845 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 51,14 so‘mga tushdi va 12 048,04 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 71,79 so‘mga pasaydi va 14 062,47 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,54 so‘mga tushdi va 153,28 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 7,98 so‘mga pasaydi va 1727,12 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 41 ming 100 so‘mga oshdi va 1 mln 843 ming 100 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 13 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 16 mln 188 ming 579 so‘mga tushgan va 1 mlrd 108 mln 958 ming 160 so‘m etib belgilangan.