Dollar kursi keskin ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 61,42 so‘mga oshdi va 12 050,34 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 21,8 so‘mga ko‘tarilib, 13 685,57 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,2 so‘mga arzonlashdi va 153,29 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 7,97 so‘mga ko‘tarilib, 1779,88 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 400 so‘mga tushdi va 1 mln 837 ming so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 28 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 17 mln 954 ming 940 so‘mga tushdi va 764 mln 42 ming 300 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing