Dollar kursi qatorasiga yettinchi hafta ham ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, ertaga, 15 dekabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 463 so‘m 12 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 20 so‘m 05 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 12 671 so‘m 88 tiyinga baholanib, 14 so‘m 88 tiyinga qimmatladi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2 so‘m 40 tiyinga ko‘tarildi. Xususan, 1 rubl 143 so‘m 45 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing