Dog‘istonning Hatikosi yetti yil egasining qabrida yashab, vafot etdi
Olam
−
05 aprel
8931Dog‘istonda yetti yil davomida egasining qabri boshidan ketmagan Xatiko ismli mushuk Sankt-Peterburgda uzoq vaqt davolanganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda “Argumenti i fakti” xabar berdi.
“Dog‘istonlik sariq mushuk Hatiko o‘z egasining qabri ustida yetti yildan ortiq yashagani uchun shunday nom olgan, u vafot etdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bir ayol uni uyiga olib ketmoqchi bo‘lgan, ammo mushuk yana qabr yoniga qaytib ketgan. Mahalla ahli unga ovqat berib turgan, lekin ko‘chada yashash izsiz o‘tmagan: mushukda zotiljam, chirigan quloq, yomonlashgan tishlar va jigar muammolari aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, fevral oyida mushuk Rossiyaning madaniy poytaxtiga davolanish uchun olib ketilgan. Barcha zarur manipulyatsiyalar bajarilgandan so‘ng, hayvon vaqtinchalik saqlashga topshirilgan. Vaqtinchalik yaxshilanishga qaramay, hayvon tez orada vafot etgan.
Hatikoning o‘limidan so‘ng uning xoki Dog‘istonga olib ketilishi rejalashtirilgan.
“Jonivorni ko‘p yillar davomida yonida yashagan egasining qabriga dafn etishmoqchi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yalta qirg‘og‘ida o‘z egasini 12 yil davomida kutgan va orolning ramzi sifatida tanilgan “qo‘shiqchi” it vafot etgandi. Itning laqabi Muxtor bo‘lgan va u o‘zining achinarli va ajoyib hikoyasi bilan mahalliy aholi va sayyohlar orasida ancha mashhur bo‘lgan. Itning egasi vafot etgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi bo‘lgan.
LiveBarchasi